“Zenit” RPL rekordini o'rnatdi

Sankt-Peterburg jamoasi o'yinlariga yakuniga etgan mavsum eng ko'p muxlis tashrif buyurdi.

2018/19 yilgi mavsum “Zenit”ning uy uchrashuvlariga o'rtacha 48 244 nafardan muxlis tashrif buyurdi. Bu Rossiya Premer-ligasining yangi rekordi hisoblanadi, deb yozmoqda jamoa rasmiy sayti.

Umumiy hisobda joriy mavsum “Zenit”ning uy uchrashuvlarini 1 mln 119 896 nafar tomoshabin kuzatib bordi. Bu ko'rsatkichda ham klub birinchi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Sergey Semak qo'l ostidagi “Zenit” musobaqa yakuniga 3 tur qolganida chempionlikni tantana qildi.


Manba: “Зенит” расмий сайти