"Zenit" Poloz va Eroxinni o'z safiga qo'shib oldi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2017, 15:52
"Rostov" futbolchilari Dmitriy Poloz va Aleksandr Eroxin "Zenit"ga o'tishdi.

Kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Futbolchilar "Zenit"ga erkin agent sifatida o'tishdi.

Poloz 2012 yilning yanvarida "Rostov"ga o'tib, hozirgacha klub safida 156 ta uchrashuv o'tkazdi va 29 ta gol urdi. U jamoa bilan Rossiya chempionati kumush medali sohibiga aylandi va mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.

Eroxin "Krasnodar" va "SKA-Energiya" sharafini himoya qildi, 2016 yilning yanvarida esa "Rostov" safiga qo'shildi.

"Zenit" Dmitriy Poloz va Aleksandr Eroxinni qutlaydi va ko'k-oq-havoranglilar tarkibida omad tilaydi" - deyiladi "Zenit" bayonotida.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com