"Zenit" jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga Pellegrinini taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2016, 16:22
"Zenit" mavsum oxirida jamoa bosh murabbiyi Andre Villash-Boash o'rniga "Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrinini taklif qilmoqchi.

"Zenit" ispan tilini biladigan murabbiy qidiryapti va Pellegrini Piter klubining asosiy nomzodi, ammo uni qo'lga kiritish qiyin bo'ladi. U ispan va ingliz tillarini yaxshi biladi va jamoa bilan yaxshi chiqishib ketishi mumkin. Bundan tashqari, uning falsafasi "Zenit" uchun mos keladi.

Oldinroq "Bavariya" ustozi Xosep Gvardiola mavsum oxirida "Manchester Siti"ni boshqarishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Lifenews78