“Zenit” Azmunni Rossiyaga qaytarmoqchi

Alisher
2 avg 2023
Serdar Azmun faoliyatini yana Rossiyada davom ettirishi mumkin.

“Zenit” sobiq hujumchisini “Bayer”dan sotib olishni reja qilmoqda. O'z o'rnida nemis klubi ham futbolchini 10 million evroga sotishga tayyorligini ma'lum qilgan. 

Eslatib o'tamiz, Azmun Germaniya jamoasiga 2022 yilda aynan “Zenit”dan kelib, qo'shilgandi. Eronlik futbolchining amaldagi jamoasi bilan 2027 yilga qadar shartnomasi bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.com