"Zenit" "Atletiko" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
30 sen 2020, 14:34
"Atletiko" yarim himoyachi Ektor Errera faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.

Madridliklarga kerak bo'lmayotgan 30 yoshli meksikalik futbolchi "Zenit" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Yarim himoyachi Peterburg klubi safiga o'tish taklifini o'rganmoqda, ammo u Madrid grandidan ketishni xohlayotganiga ishonchi komil emas.

Errera joriy mavsum La Liga doirasida hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As