

Ushbu bahsda "So'g'diyona" hujumchisi Zenan Zaymovich dublga erishdi. Legioner futbolchi 57 va 67-daqiqalarda raqib darvozasiga gol urdi.
So'nggi marta "So'g'diyona" safida legioner futbolchi 2014 yilgi mavsumda Superligada dubl qayd etgandi. O'sha yil 12 sentyabr kuni "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida mezbonlar legioneri Oleksandr Koblash ikkita to'p kiritgandi. Oradan 8 yil, 8 oy va 1 kun yoxud 3165 kundan so'ng Jizzax klubi safida legioner futbolchi dubl rasmiylashtirdi.



