
Eslatib o'tamiz, Torsten Fink shogirdlari "Shalke-04" bilan bo'lgan bahsda 3 ta gol urishdi va 1 ochkoni qo'lga kiritishdi. Zeeler sobiq klubi unga yaxshi taasurot qoldirganini aytib o'tdi.
“Menga jamoaning bugungi o'yini juda yoqdi. Lekin bundan buyog'iga bo'shashish kerak emas va kelasi o'yinda albatta "Xoffenxaym" ustidan g'alaba qozonish kerak. Jamoa o'yinlarini shunday ruhda davom ettirsa xursand bo'lar edim. Germaniya chempionati boshlanganidan mamnunman”, - deydi Zeeler.