Zeedorfning murabbiylikdagi omadsizligi davom etadi

Eldor Akmurzayev
17 iyul 2019
Misrdagi qita birinchiligida qayd etilgan qoniqarsiz natijadan so'ng, Kamerun futbol federatsiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Klarens Zeedorfni iste'foga chiqardi.

Shuningdek, Zeedorfning murabbiylar shtabidan joy olgan Patrik Klyuyvert vazifasidan ozod etilgan. 

Klarens Zeedorf shogirdlari Afrika Millatlar Kubogi-2019ning 1/8 finalidan o'rin olgan Nigeriyaga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib (2:3) qo'yishgandi. Qayd etilishicha, Zeedorf endigi faoliyatini Real akademiyasida davom ettiradi.

Zeedorf boshqaruvida kamerunliklar 13 bahsda maydonga tushib, shularning 4tasida g'alaba qozondi va 5 bora durang o'ynadi. Shuningdek, yana 4 uchrashuvda esa ular raqiblariga imkoniyatni boy berishgan.

Avvalroq, 43 yoshli mutaxassis Milan, Shenchjen (Xitoy), Deportivo klublarida ham murabbiy sifati ko'p ishlamagandi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fecafootofficie