Zanolo jarohat sabab 3-4 haftani o'tkazib yuboradi

Alisher
23 avg 2022, 10:44
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo "Kremoneze" (1:0)ga qarshi Italiya chempionati 2-tur doirasida jarohat oldi.

23 yoshli futbolchi birinchi taym so'nggida almashtirildi. Uning elkasida muammo yuzaga keldi.

Italiyalikning 3-4 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda. Jarrohlik amaliyoti talab etilmaydi.

Shuningdek "Roma" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum ham uzoq muddatga safdan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia