

Verbek Robbenni Myunxen klubiga qarshi bahsda simulyaciya ishlatganlikda aybladi. "Boxum" murabbiyning fikricha, uchrashuvning 43-daqiqasida Aren Yan Shimunekka tegib kyetib yotib olgan. Natijada himoyachi chetlatildi, "Boxum" darvozasi tomon penalti belgilandi.
"Chetlatish borasida bemalol muhokama o'tkazsa bo'ladi, ammo janob Verbekning so'zlariga qo'shilmaymiz. Uning Robben haqida aytgan gapi, haqorat hisoblanadi. Bu aqli pastlik. Verbek o'z fikrini aytishi mumkin, ammo futbolchiga bunday hujum qilib bo'lmaydi" - deydi Zammer.



