Zammer: "Gyotce "Liverpul"ga o'tadi? Har kuni bunday tentakliklarni eshitaman"
Aslanov Jasurbek
8 yanv 2016, 16:41
"Bavariya" sport direktori Mattias Zammer jamoa yarim himoyachisi Mario Gyotcega "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qiziqayotgani haqidagi xabarga izoh berdi.
"Har kuni qandaydir tentakliklarni eshitaman. Bu haqda boshqa hech narsa deya olmayman" - deydi Zammer.