Zagrebning "Dinamo"si 5 raqamini muomaladan chiqardi

Omonjon To`xtamirzayev
31 mar 2023
Zagrebning "Dinamo" klubi jamoaning uzoq yillik sardori Ariyan Ademi hurmati sabab 5-raqamli futbolkalarni muomaladan chiqardi.

Yaqinda futbolchi Xitoyning "Beyczin" klubiga o'tdi.

Ademi "Dinamo" Zagreb tarixidagi eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan futbolchi hisoblanadi: u klub bilan 22 ta sovringa ega chiqqan.

Jamoa safida umumiy hisobda xavbek 2010 - 2023 yillar oralig'ida 340 o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urgan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia