Zafar Polvonov: "Bunyodkor"ga qarshi bahs - jiddiy o'yin"

Narzulla Saydullayev
10 apr 2016, 14:27
"Sho'rtan" - "Bunyodkor" uchrashuvidan oldin mezbonlar hujumchisi Zafar Polvonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bunyodkor"ga qarshi bahs - jiddiy o'yin. Muxlislarbop o'yin bo'ladi deb umid qilaman. Biz uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqdik. Muxlislarni xursand qilishga urinamiz. Har qanday jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi, o'z o'yinimizni ko'rsata olsak raqibga oson bo'lmaydi. Kayfiyatimiz a'lo darajada, uchrashuvga to'liq tayyormiz", - deydi Zafar Polvonov.

"Sho'rtan" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia