Zabitcer shanba kuni "Manchester Yunayted" safida debyut qiladi

Оқил Абдубарноев
3 fev 2023, 22:31
Yarim himoyachi Marsel Zabitcer "Manchester Yunayted" safida shanba kuni "Kristal Pelas"ga qarshi APL o'yinida debyut qiladi. Bu haqda “qizil iblislar” bosh murabbiyi Erik ten Xag ma'lum qildi.

"Zabitcer "Kristal Pelas"ga qarshi o'ynaydi. U bor-yo'g'i bitta mashg'ulot o'tkazdi, lekin biz uning juda yaxshi futbolchi ekanligini allaqachon guvohi bo'lganmiz. Men bunga shubha qilmayman, chunki u "Bavariya"dan tashrif buyurdi. Nemis klublarida jismoniy tayyorgarlik doimo yuqori o'rinda turadi, shuning uchun Marselni maydonga tushishga tayyor deb o'ylayman. U o'z ishini qanday bajarishni biladigan juda aqlli o'yinchi”, - dedi Ten Xag jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yaqinda Marsel Zabitcerni "Bavariya"dan ijaraga olgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports