"Yuventus"ning yangi futbolchisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021, 21:19
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Jorje Kayo mushaklaridan jarohat oldi.

19 yoshli braziliyalik forvard dushanba kungi mashg'ulotlarda shikastlangan. O'n kundan so'ng tibbiy xodimlar uning ahvolini qayta ko'rib chiqadi.

Kayo avgust oyida "Santos"dan "Yuventus"ga ko'chib o'tgandi va Turin klubi bilan 2026 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: juventus.com