"Yuventus"ning sobiq darvozaboni: "Mavsumni muxlislar bilan to'lgan stadionlarda davom ettirish kerak"

13 may 2020, 19:34
Turinning "Yuventus" klubi sobiq darvozaboni Stefano Takkoni koronavirusni grippdan ham xavfli emasligini hisobga olib, kasallikning jiddiyligiga ishonmaydi.

"Menimcha, koronavirus - bu oddiy gripp. Ular konferenciyalarda minglab odamlarning o'limi haqida gapirishyapti, ammo men ularning barchasi koronavirusdan vafot etganiga ishonmayman. 

Menga qolsa, mavsumni qayta tiklardim va muxlislar oldida o'ynagan bo'lar edim", - dedi Takkoni Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Stefano Takkoni 1983-1992 yillarda "keksa sinora" darvozasini qo'riqlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia