"Yuventus"ga qarshi bahsdan oldin Zidan "Real" futbolchilariga qaysi filmni ko'rsatadi?

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2017, 14:16
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi final bahsidan oldin o'z shogirdlarini noodatiy uslub bilan ruhlantirmoqchi.

Buning uchun fransiyalik mutaxassis kinosanatdan foydalanib, futbolchilarga "300 spartalik" filmidan sahnalarni ko'rsatadi. Zidanning istagi - futbolchilar jang maydonidagi Spartak qiroli Leonid va uning jangchilari ruhini his qilib o'ynashidir. Mutaxassisning fikricha, uzoq nutqdan ko'ra, o'yinchilarning his-tuyg'ulariga murojaat qilishning ta’siri kattaroq.

Film eramizdan avvalgi V asrda bo'lib o'tgan grek-fors janglari haqida hikoya qiladi: Kserksning ko'p sonli armiyasi Gretsiyaga bostirib kiradi. Spartak qiroli Leonid va uning 300 kishilik qo'shini raqib munosib qarshilik ko'rsatadi.

"Real" va "Yuventus" o'rtasidagi bahs 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca