"Yuventus" yozda PSJ hujumchisini xarid qilmoqchi

Alisher
7 fev 2020, 16:45
"Yuventus" "Inter" bilan hujumchi Mauro Ikardi borasida muzokaralarga kirishadi.

Mauro hozirda PSJda ijara asosida o'ynamoqda. Parijliklar futbolchini birinchi navbatda xarid qilish huquqiga egalar.

Hozircha argentinalik forvardning kelasi mavsum Parijda qolishni xohlashi yoki xohlamasligi ma'lum emas.

Ikardi joriy mavsum PSJ tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttosport.com