“Yuventus” yanvarda Pogba uchun 80 million to'lamoqchi

13 dek 2018, 20:45
“Yuventus” rahbariyati yanvar oyida MYU yarim himoyachisi Pol Pogbani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun 80 million evro taklif qilishga tayyor. Nashr xabariga ko'ra, agar bu transfer amalga oshmasa, italiyaliklar “Real”dan Iskoni sotib olish niyatida.

Ilgariroq Pogba va MYU ustozi Mourinyo o'rtasida ziddiyat kelib chiqqanligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

“Yuventus” 2016 yil avgustda Pogbani MYUga 105 million evroga sotib yuborgandi. 

Joriy mavsumda Pogba APLda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi. YCHLda esa u oltita bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport