“Yuventus” yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelmadi

20 may 2019, 08:46
Bu haqda klub vice-prezidenti Pavel Nedved ma'lum qildi.

Nedved bir necha kun oldin jamoadan ketishi e'lon qilingan Massimiliano Allegri o'rniga keladigan murabbiy nomi hali aniq emasligini aytdi.

“Biz nomzodlarni qadrlaymiz. Ammo shoshilmaymiz. Allegriga o'rinbosar topish shunchaki oson ish emasligini bilamiz. Massimiliano bilan muzokara olib borayotgan vaqtimizda, yangi murabbiy izlash xayolimizga ham kelmagandi. Biz “Yuventus”ga qanday murabbiy kerak ekanligini bilamiz, ammo hozircha yakuniy qaror uchun tayyor emasmiz”,-dedi Nedved.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia