"Yuventus" va Rabo shartnomani uzaytirishga yaqin

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023, 00:15
Yarim himoyachi Adrien Rabo "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, Turin klubi futbolchisi bilan shartnomani bir yilga uzaytiradi. Futbolchi va klub o'rtasidagi muzokaralar ijobiy davom etmoqda.

Oldinroq fransiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lgan, biroq u Angliyaga ko'chib o'tishni istamagandi. Keyinchalik uni "Barselona"ga taklif qilishgandi.

Yakunlangan mavsumda Rabo A Seriyada 32 o'yinda qatnashib, 8 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio