"Yuventus" va "Jenoa" futbolchilarini almashdi

Mirjalol Normatov
29 yanv 2021, 00:55
"Byankoneri" bir futbolchi uchun ikki vakilini "Jenoa"ga berdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, "Yuventus" va "Jenoa" futbolchilarini almashtirgan. Unga ko'ra, yarim himoyachi Manolo Portanovu va hujumchi Elia Petrelli Genuyaga yo'l olgan bo'lsa, Nikolo Rovella turinliklar safiga o'tdi.

U yozda "Yuventus" a'zosiga aylanadi. U ushbu mavsumni "Jenoa"da yakunlab qo'yadi. Umumiy hisoblaganda, 19 yoshli Rovella barcha turnirlarda 11 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport