“Yuventus” va “Inter” Keza uchun kurashadi

“Fiorentina” yarim himoyachisi Federiko Keza jamoasini almashtirishi mumkin.

Futbolchi uchun “Yuventus” va “Inter” kurash olib borishmoqda. Florenciyaliklar futbolchining transferidan 60-70 million evro ishlab olishmoqda. “Yuve” futbolchini o'z safiga qo'shib olishi uchun Duglas Kosta yoki Paulo Dibalani sotib yuborishiga to'g'ri keladi.

Agar turinliklar ushbu summaga futbolchini sotib olisholmasa, unda u “Inter”da paydo bo'lishi mumkin. Milanliklar anchadan buyon Federikoga jiddiy qiziqish bildirib kelishmoqda.

Shuningdek, futbolchiga Italiyadan tashqarida ham takliflar mavjud. Biroq Keza A seriyada qolishga qaror qilgan.


Manba: La Gazetta Dello Sport