"Yuventus" va "Barselona" uchun sakkizinchi final

4 iyun 2015, 15:59
6 iyun kuni Berlinda "Yuventus" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasidagi YCHL finali bo'lib o'tadi.
Ushbu final har ikkala jamoa uchun YCHLdagi sakkizinchi final bo'ladi. Bunga qadar "Yuventus" jamoasi 1973, 1983, 1985, 1996, 1997, 1998 hamda 2003 yillarda YCHL finalida ishtirok etgan. shularning faqatgina ikkitasidagina g'oliblikni (1985, 1996) qo'lga kiritgan. Qolgan beshta finalda esa (1973, 1983, 1997, 1998, 2003) imkoniyat boy berilgan.
"Barselona" esa 1961, 1986, 1992, 1994, 2006, 2009, 2011 yillarda YCHLning hal qiluvchi o'yinida ishtirok etgan. "Barselona" "Yuventus"dan farqli ravishda o'tkazilgan ettita finalning (1992, 2006, 2009, 2011) to'rttasida g'olib bo'lgan. Yana uchta finalda (1961, 1986, 1994) esa kataloniyaliklar raqiblariga yutqazishgan.

Bu galgi final har ikkala jamoa uchun YCHL doirasida umumiy hisobdagi sakkizinchi final bo'ladi. "Barselona" o'zining beshinchi sovriniga yaqin bo'lsa, "Yuventus" YCHL tarixida uchinchi bor g'oliblikni qo'lga kiritishi mumkin.

Manba: championat.asia