“Yuventus” Saul Nigesni nishonga oldi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2016, 14:22
Turinning “Yuventus” klubi Ispaniyaning “Atletiko” yarim himoyachisi Saul Nigesni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

“Keksa sinora” futbolchiga qishki transfer oynasi vaqtida rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Ammo, Turin klubining asosiy maqsadi Saul emas Isko ekani aytilmoqda.

“Yuventus” agar Isko “Real”ni tark etadigan bo'lsa, Saulni sotib olmaydi. “Atletiko” bilan Saulning shartnomasi 2021 yilgacha deb belgilangan. Futbolchining taxminiy narxi 40 million evro deb baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tuttosport.com