"Yuventus" Remzini sotishga tayyor

Mirjalol Normatov
20 may 2021, 22:14
"Yuventus" rahbariyati yarim himoyachi Aaron Remzini sotib yuborishga tayyorlanmoqda.

"Tutto Juve" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "Liverpul" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Mersisayd klubi futbolchini 12 mln evroga sotib olishga tayyor turibdi. Ammo turinliklar uni 20 mln evrodan kamiga sotmoqchi bo'lmayapti.

Ushbu mavsumda Remzi 22 o'yinda 2 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tutto Juve