"Yuventus" "Real" forvardini kuzatmoqda

Alisher
18 sen 2021, 09:01
"Real" forvardi Luka Yovich "Yuventus" qiziqishlari doirasida.

Serbiyalik futbolchi Madrid grandi tarkibiga kira olish umidini yo'qotmadi, ammo bu ishni qila olmasa, Turin klubi taklif berishga tayyor. Yovichning taqdiri hozircha noma'lum, u "qaymoqranglilar" tarkibida joriy mavsum 2ta o'yinda faqatgina 9 daqiqa harakat qildi.

"Real" Luka Yovichni bir yo'la sotishni afzal ko'rsa ham, "Yuventus" Luka Yovichning ijara variantini o'rganib chiqadi.

Qo'shimcha qilamiz, Luka Yovich o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Ayntraxt"da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato