"Yuventus" rahbariyati Allegrini jarimaga tortadi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017, 16:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jarima to'lashiga to'g'ri keladi.

Oldinroq murabbiy himoyachi Leonardo Bonuchchi "Portu"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final ilk uchrashuvida o'ynamasligini e'lon qilgan edi. Bunga sabab - futbolchi va mutaxassis o'rtasidagi kelishmovchilik bo'lgan. Rahbariyat Allegri qarorini qo'llab-quvvatlagan bo'lsada, unga jarima soladi.

Bonuchchi hamda Allegri o'rtasidagi kelishmovchilik "Palermo"ga qarshi A Seriyaning 25-tur uchrashuvida sodir bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport