"Yuventus" Pyanichni qanchaga sotishi mumkin?

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2018, 16:38
"Yuventus" rahbariyati yarim himoyachi Miralem Pyanich xaridorlariga uning narxi haqida ma'lumot berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati futbolchi bilan kamida 80 mln. evroga xayralishga tayyor. "Yuventus" ushbu transfer mablag'i orqali "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni xarid qilmoqchi.

Oldinroq, Pyanichga "Real" va "Barselona" da'vogarligi e'lon qilingan edi.

So'nggi mavsumda 28 yoshli bosniyalik xavbek A Seriyaning 31ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport