Yuventus o'tgan mavsum YCHLda 65,3 million evro ishlab topdi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2013, 18:35
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri o'tgan mavsmudagi Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida klublarning olgan foydalarini hisoblab chiqdi.
Yuventus 65,3 million evro bilan Bavariya (55 million) va Borussiyani (54,2 million) ortda qoldirdi.

Keyingi o'rinlarni Milan 51,4 (million evro), Real 48,4 (million) va Barselona 45,5 (million) egallashdi.

Yevropa ligasiga kelsak bu yerda eng ko'p foydani Fenerbaxche oldi - 11 million evro.

Chelsi 10,7 million, Lacio – 9,5 million, Inter 8 million evroga boyishdi.

Qozonning Rubin klubi Yevropa ligasida 7 million evro ishlab topdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru