

Turin klubi Meyson Grinvudni o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq u uchun 40-50 mln evro to'lay olmaydi va to'lashni ham istamaydi. Inglizlar shuncha pulga umid qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, keksa sinora transfer qiymatini pasaytirish uchun Federiko Kezani taklif qilishi mumkin.
Shuningdek, turinliklar Jeydon Sanchoni ijaraga olishga tayyor. Buning uchun manchesterliklar ingliz futbolchisining oyligini ma'lum qismini to'lab berishlari lozim bo'ladi.



