"Yuventus" Mattia De Shilo borasida rasmiy taklif bilan chiqdi

Tolibjon Qosimov
30 mar 2017, 10:34
"Yuventus" jamoasi "Milan" himoyachisi Mattia De Shilo borasida rasmiy taklif bilan chiqdi.
Buni "Calciomercato" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Keksa sinora" 24 yoshli futbolchi uchun 15 million evro taklif qilmoqda. De Shiloning "rossonerlar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil o'z yakuniga etadi. "Milan" hozircha "Yuventus"ning taklifiga javob bermadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercato