"Yuventus" "Manchester Siti" bilan Fillips transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 17:42
"Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, Turin klubi "shaharliklar" bilan futbolchi transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi. Fillipsning o'zi jamoasini alishtirishga qarshi emas.

"Yuve" xavbekni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish niyatida. "Siti" esa "byankoneri" sotib olish majburiyatiga rozi bo'lishini istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо