"Yuventus" Luisning xizmatlarini APL jamoalariga taklif etmoqda

Sherzod Nurmatov
29 noya 2024, 15:51
"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari "Yuventus" va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Duglas Luisni sotib olish bo'yicha taklif oldi.

Eslatib o'tamiz, Luis Turin klubiga shu yilning iyul oyida "Aston Villa"dan o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning iyunigacha amal qiladi. 

26 yoshli markaziy yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 7 ta, Chempionlar Ligasida esa 2 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt Luisni 55 mln evroga baholamoqda.

Avvalroq "Yuventus" PSJ himoyachisi bilan kelishuvga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/deadlinedaylive