"Yuventus" Kuadrado bilan shartnomasini uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019, 10:57
"Yuventus" rahbariyati yarim himoyachi Xuan Kuadrado bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

"FOX Sports" xabariga ko'ra, klub rahbariyati bosh murabbiydan kolumbiyalik futbolchi haqida gaplashib olgan va tomonlar uning qolishi borasida qaror qilishgan. Uning klub bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

Kuadrado 2015 yildan buyon "Yuventus" tarkibida 138 o'yinda qatnashib, 14 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FOX Sports