"Yuventus" klub prezidenti va bosh direktorining maoshini qisqartiradi

Omonjon To`xtamirzayev
1 noya 2023, 10:39
"Yuventus" prezident va bosh direktorining maoshlari qisqartiriladigan bo'ldi.

Shuningdek, bosh direktorga beriladigan mukofot pullari qisqartiriladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, oxirgi oylarda byudjetni tartib bilan sarflash va uning barqarorligini taminlash bo'yicha qabul qilingan yangi kurs sababli shunday qaror qabul qilingan.

18 yanvardan klub prezidenti sifatida ishlayotgan Janluka Ferrero ayni paytda 800 ming, bosh direktor Mauricio Skanavino esa 400 ming evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gazzetta.it