"Yuventus" jamoa forvardi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Tolibjon Qosimov
11 noya 2019, 11:28
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoa hujumchisi Gonsalo Iguain bilan shartnomani uzaytirishga yaqin ekanligini aytdi.

- U juda yaxshi o'ynayapti va menimcha, u doim dunyoning eng kuchli uch markaziy hujumchilaridan biri bo'lgan. Gonsalo biz kutgan o'yinni namoyish qilmoqda. U ajoyib o'yinchi. Yozda u klubni tark etishi mumkin edi, ammo Gonsalo "Yuventus"da qolishni maqul ko'rdi. Biz u bilan ko'p suhbatlashdik, sababi o'tgan mavsum "Milan"da ijara asosida o'ynab yurgan paytda unda Turinda qolish bo'yicha aniq bir g'oya yo'q edi.

Biz hali u bilan shartnomani uzaytirmadik, ammo bunga juda yaqinmiz, - deydi Paratichi.



Eslatib o'tamiz, 31 yoshli futbolchining "Yuve" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Italia