“Yuventus” Isroilga uch nafar futbolchisiz ketdi

Оқил Абдубарноев
10 okt 2022, 22:27
11 oktyabr, seshanba kuni “Yuventus” Chempionlar ligasi doirasida safarda “Makkabi”ga qarshi o'yin o'tkazadi.

Turin klubi matbuot xizmati Isroilda boradigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Massimiliano Allegri uchta futbolchini qaydnomaga kiritmadi - Mattia de Shilo, Pol Pogba va Federiko Keza jarohati hamda jismonan tayyor emasligi sababli jamoasiga yordam bera olmaydi. "Keksa senora"ning qolgan futbolchilari esa safqa qaytishgan.

"Yuventus" ayni damda Chempionlar ligasi guruh bosqichida PSJ va "Benfika"dan 4 ochko ortda qolib, uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: juventus.com