"Yuventus" Isko uchun kurashishga tayyor

7 yanv 2019, 22:10
"Real" yarim himoyachisi Isko faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, mavsum yakunida Turinning "Yuventus" jamoasi "qirollik klubi"ga o'yinchining transferi borasida taklif bilan chiqmoqchi. Santyago Solari qo'l ostida Isko asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi.

Ushbu mavsumda 13ta o'yinda maydonga tushgan 26 yoshli xavbek 1ta gol urdi va ikkita golli pasni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport