Yuventus Ibragimovichga yiliga 7 million evro maosh taklif qilmoqda

Narzulla Saydullayev
1 may 2016, 13:30
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiyaga qaytishi mumkin.

Sport Mediaset nashri xabariga ko'ra, turinliklar hujumchiga qiziqib qolishgan va uning agenti Mino Rayola bilan aloqaga chiqishgan. Italiya chempioni Ibragimovichga yiliga 7 million evro maosh taklif qilmoqda.

Ibragimovich yozda erkin agentga aylandi. Bundan bir necha yil oldin shvetsiyalik futbolchi Yuveda o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sportmediaset.it