"Yuventus" hujumchisi qishda Xitoyga ketishi mumkin

14 okt 2019, 20:05
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich kelayotgan qishki transfer oynasida klubdan ketish ehtimoli mavjud.

La Gazetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skiraning ma'lumotiga qaraganda, 32 yoshli xorvatiyalikka Xitoyning ikki klubi qiziqmoqda. Ular Manjukichga 10-12 mln evro atrofidagi yillik maosh taklif qilishga tayyorligi oydinlashdi. 

Shuningdek, futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgan. 

Manjukich joriy mavsum "Yuventus"ning birorta o'yinida maydonga tushmadi va Chempionlar ligasida klub qaydnomasiga kiritilgani yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira