"Yuventus" hozircha Allegrini iste'foga chiqarishni rejalashtirmayapti

Оқил Абдубарноев
10 okt 2022, 20:43
"Yuventus" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan xayrlashmoqchi emas.

Manbaga ko'ra, klub vaziyatni o'nglash uchun murabbiyga 2022 yilning oxirigacha vaqt bermoqchi.

OAV, shuningdek, "Yuventus" Allegrini yuqori tovon puli tufayli ishdan bo'shatishni istamagani haqida yozgan.

Eslatib o'tamiz, A Seriyaning 9-turidan so'ng “Yuventus” 13 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport