"Yuventus" ham "Tottenxem" yarim himoyachisi uchun kurashadi

Mirjalol Normatov
18 mar 2019, 22:59
"Yuventus" yozgi transferlar oynasi vaqtida "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni tarkibga jalb etishga harakat qilib ko'radi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "keksa sinoralar" daniyalik yulduz bilan aloqaga chiqishgan va muzokaralar o'tkazishgan.

Biroq baribir Eriksen uchun "Real" asosiy da'vogar bo'lib qolmoqda. Oldinroq "Tottenxem" futbolchisi uchun 233 million evro so'rayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato