"Yuventus" futbolchisini "Verder"ga sotdi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025, 00:35
Vinger Samyuel Mbangula "Yuventus"dan "Verder"ga o'tdi.

Turin klubi 21 yoshli futbolchining 10 million evro evaziga "Verder"ga o'tganini ma'lum qildi. Ushbu mablag' 4 yil davomida to'lab boriladi. Shuningdek, yana 2 million evro bonuslar tarzida vada qilingan.

Mbangula o'tgan mavsumda A Seriyaning 23 o'yinida qatnashib, 2 tadan gol va assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: werder.de