"Yuventus" futbolchisini "Lester"ga sotishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
18 sen 2020, 00:45
Italiyalik futbolchi "tulkilar" tarkibini to'ldirishi kutilmoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani "Lester"ga o'tishga yaqin turibdi. "Keksa sinora" 25 mln evro to'langan taqdirda 26 yoshli himoyachini qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgan. "Lester" esa bunga rozi bo'lgan.

O'z navbatida "Vulverxempton" ham Rugani bilan shartnoma imzolash umidida yuribdi. O'tgan mavsumda Rugani A Seriyaning 10 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato