Italiya. "Yuventus" yirik hisobda g'alabaga erishdi, Ronaldudan dubl

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020, 18:25
Italiya A Seriyasining 22-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Fiorentina" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qayd etish kerak, ushbu bahsda Krishtianu Ronaldu ikkita penaltini aniq amalga oshirdi va dubl qayd etdi. Ushbu g'alaba orqali "Yuventus" yaqin taqibchisi "Inter" bilan oradagi farqni 6 ochkogacha etkazdi. Milanliklar hali ushbu turda o'z o'yinlarini o'tkazishganicha yo'q.

Yuventus – Fiorentina 3:0

"Alyanc Stedium"

Gollar: 1:0 – 40, penalti Ronaldu, 2:0 – 80, penalti Ronaldu, 3:0 – 90 de Ligt.

Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Duglas Kosta (Bernardeski, 83), Rabo (Matyuidi, 88), Pyanich, Iguain (Dibala, 67), Ronaldu.

Fiorentina – Drongovski, Dalbert, Peccelya, Igor Julio, Lirola (Agudelo, 89), Gezzal (Vlaxovich, 60), Pulgar, Keza, Benassi, Chekkerini, Kutrone (Sottil, 73).

Ogohlantirish: Keza (33), Bonuchchi (35), Peccelya (39), Gezzal (50), Chekkerini (80).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia