"Yuventus" "Everton" bilan "Barsa" o'yinchisi uchun raqobat qiladi

Alisher
3 dek 2020
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli fransiyalik futbolchi uchun Turinning "Yuventus" klubi davogarlik qilmoqda.

Italiyaliklar Umtitiga Jorjo Kelliniga o'rinbosar sifatida qarashmoqda. Shu bilan birga ushbu mavsum 36 yoshli italiyalik futbolchi uchun katta ehtimol bilan so'nggisidir.

Samuelning transfer narxi 12 million evroga teng. Umtiti joriy mavsum rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi.

Oldinroq futbolchiga "Everton" klubi qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo