"Yuventus" Donnarummaga shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
24 apr 2021, 15:19
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma "Yuventus" qiziqishlari doirasida.

"Keksa sinora" rahbariyati 22 yoshli darvozabonga mehnat shartnomasi tayyorlab qo'ydi. "Yuve" darvozabon bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga va unga 10 million evro maosh berishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Donnarummaning "rossonerilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U Milan grandida 6 million evro ishlab topadi.

Janluiji joriy mavsum A Seriya doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 35ta to'p olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport