

Manbaga ko'ra, tomonlar bir necha bor muzokara olib borishgan, biroq bu ijobiy natijani bermagan.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchi o'n million evro maosh talab qilmoqda, bu esa "keksa senorlar" rahbariyatiga to'g'ri kelmaydi. Klub futbolchi bilan kelishuvga erishishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dibala 2015 yilda "Palermo"dan 40 million evro evaziga ko'chib o'tib, "Yuventus" futbolchisiga aylangandi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Hujumchi joriy mavsum A Seriyada ikkita o'yin o'tkazib, bitta gol urdi hamda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.



