"Yuventus" De Shilo bilan tez orada shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
9 mar 2022, 14:48
"Yuventus" himoyachi Mattia De Shilo bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

29 yoshli italiyalik futbolchi klubda qolishga rozi bo'ldi.

Futbolchining tez orada 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

De Shilo 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato